Ayollar va yoshlar bilan bog‘liq jinoyatlarga mehnat migratsiyasi sabab bo‘lmoqda - Tanzila Norboyeva

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yoshlar va xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolar, jinoyatlar, ularning odam savdosi va ekstremizm to‘riga tushib qolishi ko‘p hollarda tashqi mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bugun, 28 noyabr kuni "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida o‘tayotgan "XXI asrda gender va yoshlar masalalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro forumda ma’lum qildi. 

O‘zbekistonda aholining 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Ayni vaqtda mamlakatda yoshlarni ta’limga qamrab olish, kasb va hunar o‘rgatish va ish bilan ta’minlash eng dolzarb masalalardan biri. Davlat rahbari har chiqishida yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasida jiddiy topshiriqlar beradi.

Forumda xavfsiz mehnat migratsiyasini tartibga solish va ta’minlash, odam savdosiga qarshi kurashish, mazkur turdagi transchegaraviy jinoyatlar qurboni bo‘lgan shaxslarni, shu jumladan xotin-qizlar va yoshlarni himoya qilish sohasida ham O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi uch yilda katta natijalarga erishgani ta’kidlandi. Ammo, hali muammolar va yechimini kutib turgan masalalar talaygina. 

Bugun O‘zbekistonning 3 millionga yaqin fuqarosi xorijiy mamlakatlarda ishlamoqda. Ularning ko‘p qismini kuch-quvvatga to‘la yoshlar tashkil etadi.

Shu bois mamlakat tarixida ilk bor "Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqlari va manfaatlarini himoya qilig jamg‘armasi tashkil etildi. Mintaqada yagona bo‘lgan va davlat tomonidan to‘liq moliyalashtiriladigan Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reablitatsiya markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva mehnat migratsiyasi

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing