Ayollar nega Bosh prokuratura, Senat, Vazirlar Mahkamasida janjal uyushtirdi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan videokonferensiya aloqa orqali 19 nafar fuqaroning qabuli o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 6 mart kuni G.Karimbekova, X.Ergasheva, G.Xujaxanova, D.Dultayeva va boshqa bir guruh ayollar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosiga kirib, janjal uyushtirib, Bosh prokuror qabul qilishini so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, bosh prokuror xizmat safarida bo‘lganligi sababli ushbu fuqarolar Bosh prokurorning 1-o‘rinbosari Abduhalim Xolmaxmatov tomonidan qabul qilingan.

“G.Karimbekova, D.Dultayeva va boshqa bir guruh fuqarolar 2020 yilning 4 mart kuni ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar qabulxonasida janjal uyushtirganligi uchun Bosh prokurorning 1-o‘rinbosari tomonidan shaxsan qabul qilingan”, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotda.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu fuqarolar bir necha marotoba Bosh prokuror va Bosh prokuror o‘rinbosarlari qabulida bo‘lib, murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va yozma javob xatlari berilgan.   

“Mazkur fuqarolar doimiy ravishda Bosh prokuratura, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi va boshqa idoralarda tartibsizliklar uyushtirib, noqonuniy talablari bilan e’tiborni o‘zlariga jalb qilib kelmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Senat Vazirlar Mahkamasida

Baholaganlar

647

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing