Ayollar futboli. O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, Xanchjouda Osiyo o‘yinlari doirasidagi ayollar futboli bo‘yicha Mo‘g‘uliston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda yaponiyalik mutaxassis Midori Xonda boshchiligidagi o‘zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasiga 6 ta javobsiz to‘p kiritdi.

Uchrashuvda gollarga Aziza Norboyeva (36), Shohida Tojiddinova (45+1), Maftuna Shoyimova (58), Diyora Habibullayeva (dubl 78-89) va Nilufar Qudratova (84) mualliflik qildi.

Shu tariqa darvozasidan 6 ta to‘p olib chiqqan Mo‘g‘uliston terma jamoasi maydonni golsiz tark etdi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston termasi navbatdagi o‘yinini 28 sentyabr kuni mezbon davlat – Xitoy vakillariga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo o'yinlari Mo'g'uliston Xanchjou Ayollar futboli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing