“Ayollar daftari”ga kirgan ayollarga imtiyozli kredit berish shartlari belgilandi
Jamiyat
−
01 aprel 2022
10526Endilikda ayollarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining kecha, 31 mart kuni qabul qilingan qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilandi.
Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:
• ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
• tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
• boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
• ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
• uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
• qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14 foizlik kreditlar:
• oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
• chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
• bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.
Mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.
LiveBarchasi