Ayol tug‘uruqdan to‘qqiz kun oldin homilador ekanligini payqab qoldi

Bu qiziq

image

AQSHda istiqomat qiluvchi ayol o‘zining homilador ekanligidan to‘qqiz kun o‘tgach, farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda FOX13 Memphis axborot portali xabar bermoqda.

Loren Chalk 23 noyabr kuni homilador ekanligini payqab qoldi, 2 dekabr kuni esa o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Unga Uayett deb ism qo‘ydi. Amerikalik ayolning ta’kidlashicha, bir vaqtlar shifokorlar uning bachadonini olib tashlashgan, shu bois ona bo‘lishdek baxtdan umidini uzgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘smirlik vaqtida shifokorlar unga tuxumdonlarning zararlanishi kasalligi bilan tashxis qo‘yishgan. Shu sababli, Lorenning homilador bo‘lish ehtimoli juda kam edi. 

“O‘g‘limni yaxshi ko‘rganchalik, yana u-bu kimni yaxshi ko‘ra olamanmi yoki yo‘q, buni bilmayman. U — Yangi yilda menga taqdim etilgan eng yaxshi sovg‘adir”, — deya ta’kidlaydi ona.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh tug'uruq

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing