“Ayol kishi haqida gapirmayman”. Lukashenko Tixanovskayani muhokama qilishdan bosh tortdi 

Olam 3054
image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko CNN telekanaliga intervyu berdi. Suhbat davomida u muxolifat vakili Svetlana Tixanovskayani muhokama qilishni xohlamadi.  

“Bu shuni anglatadiki, men ayol kishi haqida gapirmayman. Men ayollar bilan urushmayman va unga xarakter bermoqchi emasman”, degan Lukashenko. 

Prezident muxolifat yetakchisi muayyan mamlakatda yashaydigan va boshqacha nuqtai nazarga ega odam bo‘lishini ta’kidlagan. 

“Men Belarusda bunday odamlarni bilaman. Ular shu yerda va sizdan pul olishadi”, degan Lukashenko amerikalik jurnalistga. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda 2020 yil 9 avgustda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, unda amaldagi Prezident Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni saylov natijalarini tan olmagan va mamlakatni tark etgan muxolifat vakili Svetlana Tixanovskaya egalladi. Ovoz berish natijalari e’lon qilingandan so‘ng Respublikada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, bu birinchi kunlarda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib keldi.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 70
Reyting: 3
t
×