Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

“Ayol bo‘lish ojizlik emas”. Saida Mirziyoyeva xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida tegishli postni e’lon qildi.

“Bugun xalqaro xotin-qizlar kunida men ushbu chinakam bahoriy ayyom bilan barcha hamfikr opa-singillarimni tabriklayman.

Ayolni ojiza deymiz-ku, aslida ayol bo‘lish — ojizlik emas. 

Ayol bo‘lish — bu, avvalo, mas’uliyat va matonat demak. Biz o‘zimizni o‘zgartirish, jamiyatni o‘zgartirish hamda siyosat, fan, biznesda erkaklar bilan tengma-teng o‘z so‘zimizni aytish uchun oson bo‘lmagan yo‘lni bosib o‘tdik. Biz ishonch bilan oldinga — orzularimiz tomon intilmoqdamiz.

Men sizga iroda, qat’iyat va salohiyatingiz munosib e’tirof etilishini tilayman. Oilangizga totuvlik va farovonlik, o‘zingizga sog‘lik va to‘kis baxt yor bo‘lsin!

Sizlarni samimiyat ila bag‘rimga bosib qolaman”, deb yozdi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosim bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barcha ayollarni tabriklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing