Dam olish kunlari O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib keladi
Bu qiziq
−
13 dekabr 2019
9174Gidrometeorologiya xizmati markazi dam olish kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-haqo haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ertaga, 14 dekabr kuni O‘zbekiston hududiga ayrim joylarda qorga aylanadigan yomg‘irli sovuq va nam havo oqimlari kiradi. Haroratning sutkalik o‘zgarishi unchalik katta bo‘lmaydi, kechasi -2...+3 daraja bo‘ladi, kunduzi esa +3...+5 darajadan oshmaydi. Bu oyning shu kuni uchun xos bo‘lgan harorat me’yoridan 3-5 darajaga pastdir.
15 dekabr, yakshanba kuni sovuq havo yog‘ingarchilikni surib chiqaradi, tungi va ertalabki soatlarda tuman hosil bo‘lib, ayrim joylarda ko‘rish yomonlashishi mumkin. Tungi sovuq -5...-3 darajagacha yetadi, kunduzi harorat 0...+5 daraja atrofida bo‘ladi.
LiveBarchasi