Ravshan Ermatov Odil Ahmedov jamoasining OCHLdan o‘rin olgan o‘yinini boshqaradi

Sport

image

O‘zbekistonlik bir qator hakamlar Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishlash uchun takliflar olishdi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
 
Jumladan, OCHL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan bahsda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi o‘z maydonida BAAning “Al-Ayn” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinni Valentin Kovalenko boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenk va Temur Gaynullin yordam berishadi. To‘rtinchi hakam ham O‘zbekistondan - Aziz Asimov.  “Al-Hilol” – “Al-Ayn” uchrashuvi 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
 
7 may kuni Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoasi Xitoyning “Shanxay SIPG” klubini qabul qiladi. Bu uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To‘rtinchi hakam – Sherzod Qosimov.
 
Shu kuni Taylandda bo‘lib o‘tadigan “Buriram Yunayted” – “Urava Red Daymonds” (Yaponiya) uchrashuvida esa bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev ishlaydi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Ruslan Serazetdinovlar yordam berishadi.


Maqola muallifi

Teglar

OChL Ravshan Ermatov

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing