Avval o‘zingga boq... Kreml Baydenning tanqidiga javob qaytardi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH Prezidenti Jo Baydenning Rossiyadagi o‘rmon yong‘inlari haqidagi so‘zlariga javob qaytardi. 

“Tundra haqiqatan ham yonmoqda, lekin unutmasligimiz kerakki, Kaliforniyada ham o‘rmonlar yonmoqda, Turkiyada va dunyoning boshqa mamlakatlarida ham o‘rmonlar yonmoqda. Aynan shular biz duch kelayotgan iqlim o‘zgarishining oqibatlari”, degan u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml Amerika Prezidentining tanqidiga qo‘shilmaydi. Bundan tashqari, Vladimir Putin Rossiyaning bu yo‘nalishdagi harakatlari haqida Baydenga shaxsan aytib bera oladi. 

Peskov Rossiya nafaqat yong‘inlarga qarshi kurashayotganini, balki energiya balansini diversifikatsiya qilayotganini va bu allaqachon o‘z natijasini berganini ta’kidlagan. 

“Ishonchim komilki, ikki Prezidentning navbatdagi muloqoti bo‘lib o‘tganida, Putinda Baydenga iqlim bo‘yicha nima qilayotganimiz haqida aytib berish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi”, degan Matbuot kotibi. 

Eslatib o‘tamiz, iqlim sammiti o‘tkazilayotgan Glazgodagi matbuot anjumanida Jo Bayden Rossiya va Xitoyni Rimdagi G20 forumida ishtirok etmagani uchun tanqid qilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Prezidenti va Xitoy rahbari Si Szinpin yuqoridagi tadbirda shaxsan qatnashmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

472

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing