Avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori ko‘rib chiqiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda avtomototransport vositalari oldi-sotdi qilinganda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘imlar miqdori qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan.

Bu o‘zgarishlar fuqarolarning ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlar (ishonchnoma) rasmiylashtirish holatlariga barham berish maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, tegishli tahliliy ma’lumot takliflar bilan 2019 yil noyabr oyigacha taqdim etiladi. Ijro etilishiga mas’ul - Adliya vazirligi (Davletov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Moliya vazirligi (Ishmetov,) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev).

Avvalroq, Yo‘l harakati qoidalarida o‘zgarishlar bo‘lishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil' notariat

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing