Avtomobillarga stiker berish to‘xtatildi
Jamiyat
−
09 aprel 2020
7129O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan, 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi.
Ruxsatnoma berish koronavirus infeksiyasini keng tarqalishini oldini olish va e’lon qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida to‘xtatilgan.
Bunda avtotransport vositalariga mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi.
Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning ro‘yxati qisqartirilib, alohida e’lon qilinadi.
Ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.
LiveBarchasi