Avtomobillar uchun “rastamojka” narxi pasaytirilmoqda

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda ayrim toifadagi mashinalar uchun bojxona to‘lovlari keskin kamaytiriladi. 

Bugun, 16 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan, dvigatel hajmi 1 200 sm kubdan yuqori bo‘lmagan yangi yengil avtotransport vositalari (TN TIF kodi 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) uchun 2026 yil 1 yanvarga qadar quyidagi bojxona boji stavkalari belgilanmoqda:

1000 sm kubgacha – 0% (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH dollari/kub sm);

1000-1200 sm kub – 5% (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH dollari/kub sm).

Natijada dvigatel hajmi 1000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining jami miqdori amaldagi 39-43 foizdan 19-23 foizgacha, dvigatel hajmi 1000-1200 sm kub bo‘lgan avtomobillar uchun esa 44-52 foizdan 30-36 foizgacha kamayadi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing