Avtomobil yo‘llari mutaxassisi Andijon hokimiga diniy tashkilotlar bo‘yicha o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
21 may 2021
8143Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Rahmatillo Burxonovich Arziyev tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Axborotda yozilishicha, Arziyev 1973 yilda Shahrisabz shahrida tavallud topgan. 1994 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari instituti tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994 yil Qashqadaryo viloyati “Shahrisabz-taksi” ochiq turdagi jamiyat bosh muhandisi vazifasidan boshlagan.
U 2001–2002 yillarda Shahrisabz tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi boks bo‘yicha murabiyi vazifasida faoliyat yuritgan.