Avtomobil yon oynalarini ochib harakatlanish haydovchi hayotiga xavf soladi – mutaxassis

Texnologiya

image

Avtomobilning yon oynalarini ochib boshqarish inson yuziga mayda toshlar, hasharotlar va boshqa mashinalar tomonidan chiqariladigan suv tomchilarini kelib urilishiga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi qisqa vaqt ichida haydovchining avtomobil boshqaruvini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi, deydi avtomobil agentligi mutaxassisi Yegor Vasilev.

"Albatta, haydash paytida yuzingizga shamolning urilishi yoqimli, lekin bu haqiqatan ham xavfsizmi? Shamol oqimi bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin – chang va mayda toshlarni yuzga olib kelib uradi. Hatto oddiy zarba bo‘lgan taqdirda ham shaxsan ular haydovchining beixtiyor reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa uning avtomobil boshqaruvini qisqa vaqt ichida yo‘qotishiga sabab bo‘ladi”, deya ogohlantirdi mutaxassis.

Agar tosh yoki hasharot ko‘zga tushib qolsa, unda hammasi yanada yomonroq tus oladi.

Yomg‘irli ob-havo sharoitida boshqa transport vositasining ko‘lmakka tushib ketishi ochiq deraza orqali iflos kirishiga sabab bo‘ladi. Bu ham xavfsiz harakatlanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

"Xudo ko‘rsatmasin, baxtsiz hodisaga duch kelsangiz, unda ochiq derazalar holatida siz mashinaga tushishi mumkin bo‘lgan narsalardan jarohat olish xavfiga duch kelasiz. Shuning uchun, ko‘plab zamonaviy avtoulovlarda, voqea sodir bo‘lgan taqdirda, yon oynalar va lyuklar avtomatik ravishda yopiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling”, deya xulosa qildi mutaxassis.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avtomobil'

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing