Avtomobil tezligi 19 yashar qizning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 may kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida sodir bo‘lgan avtohalokatda 19 yashar qiz nobud bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Voqea soat 13:30 larda, tuman hududidan o‘tgan 4R-76 “Qorako‘l-Yangibozor-Jig‘achi” avtomobil yo‘lining 7 km da sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi M.J. (erkak) Nexia mashinasini tezligini oshirib haydagan. U oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Qarshisidan kelayotgan haydovchi 1981 yilda tug‘ilgan N.T. (erkak) boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasining old qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Oqibatda Nexia oldi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 2001 yilda tug‘ilgan Z.N. (qiz bola) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil haydovchisi M.J. va yo‘lovchisi 1979 y.t. S.A. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

284

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing