Avtomobil ishlab chiqarish reytingi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Jamiyat
−
29 Sentabr 2021
326002021 yilning birinchi choragida yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 39 davlat orasidan 29-o‘rinni egalladi. Bu davrda O‘zbekistonda 44,5 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Reytingda ko‘rib chiqilgan mamlakatlarda ushbu davrda umumiy hisobda 14,7 millionta avtomobil ishlab chiqarilgan.
Reytingda yetakchi uchlik mamlakatlar Xitoy (5 million avtomobil), Yaponiya (1,9 million) va Hindiston (1,1 million) bo‘lgan. MDH davlatlari orasida Rossiya (9-o‘rin, 365,2 ming avtomobil) va O‘zbekiston (29-o‘rin, 44,5 ming avtomobil) yetakchi bo‘lgan.
Qozog‘iston bu davrda 17,6 mingta yengil avtomobil ishlab chiqargan va reytingdan 35-o‘rinni egallagan. Shuningdek, ko‘rsatkichlar Belarus (5,3 ming avtomobil), Ukraina (1,7 ming) va Ozarbayjonda (408 ta mashina) Qozog‘istonga qaraganda yomonroq ekani ma’lum qilingan.
LiveBarchasi