Misrda 13 nafar terrorchi bir umrga qamaldi

Olam

image

Kecha, 21 iyun kuni Qohiraning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 13 kishini terroristik bo‘linma tashkil qilgani va unga a’zoligi uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Yana uch kishi 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Masrawy” portali xabar bermoqda.

Sudlanganlar "Jabhat an-Nusra" terrorchilik guruhiga a’zolikda ayblangan.

"Jinoyat ishlari bo‘yicha Qohira sudi ushbu ish doirasida 13 ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, yana uch kishi 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi", deyiladi portal xabrida.

Shuningdek, mahkumlarga uch million misr funti (185 ming dollar) miqdorida jarima solinadi, ular qamoq muddati tugaganidan keyin besh yil davomida politsiya nazorati ostida bo‘ladi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mahkumlar terroristik bo‘linma tashkil etgan yoki 2011 yildan 2014 yilgacha uning tarkibida bo‘lishgan. Jangarilar "davlat muassasalarini o‘z vazifalarini bajarishiga xalaqit berishga" va fuqarolarga hujum qilishga chaqirgan, deya xabar beradi portal.


Maqola muallifi

Teglar

Misr

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing