Avtobus ag‘darildi. YHXX bir hafta o‘tib ma’lumotni ochiqlashga majbur bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Navoiy viloyatida mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib, 5 kishi jarohatlandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar bermoqda.

YTH joriy yilning 3 may kuni sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, YHXX bu haqda oradan bir hafta o‘tib, 10 may kuni xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi 4R-65 avtomobil yo‘lining 23-24-kilometrlari oralig‘ida haydovchi, 1973 yilda tug‘ilgan K.O‘. "Yutong" rusumli avtobusda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtobus yo‘l chetiga ag‘darilgan.

YTH oqibatida 5 nafar yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Ushbu YTH yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

YHXX ushbu ma’lumotni nega bir hafta o‘tgach e’lon qilayotgani sabablariga aniqlik kiritmagan. Lekin xabar "Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, (https://t.me/TYUZBEK/33147) Qiziltepa tumanida avtobus ag‘darilib ketganligi bo‘yicha ma’lumot" degan jumla bilan boshlangan. Katta ehtimol bilan agar ushbu YTH haqidagi ma’lumot, video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmaganda yopig‘lik qozon yopiqligicha qolib ketaverardi. 

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha QALAMPIR.UZ’da e’lon qilingan “O‘raga sichqon tushdi, guldur-gup yoxud “oshkoralik niqobi” ortidagi “shep”lar” tahliliy maqola MY5 telekanali jurnalist Yulduz Olimova YHXXdan YTHlar haqida axborot olish tobora qiyin bo‘lib borayotgani, tashkilot Matbuotga yopiqligini aytgan edi. Qiziltepada sodir bo‘lgan YTH haqida bir hafta o‘tib xabar berilayotgani ham jurnalist Yulduz Olimovaning gaplarida jon borligini ko‘rsatadi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

793

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing