Avstriyada karkidon hayvonot bog‘i xodimini o‘ldirdi

Olam

image

Zalsburgdagi Xelbrunn hayvonot bog‘i xodimi karkidon hujumi oqibatida halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir yaralandi. Bu haqda CNN Zalsburg politsiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Politsiya bayonotida aytilishicha, karkidon ertalab hayvonlar qo‘rasiga kirgan 33 yoshli ayolga hujum qilgan. Tajribali hayvonot bog‘i xodimi voqea joyida vafot etgan.

Yana bir qo‘riqchi, 34 yoshli erkak ham hayvonni qo‘rqitmoqchi bo‘lganida karkidon hujumiga uchragan. Erkak og‘ir jarohatlari bilan Zalsburg kasalxonasiga yetkazilgan va u yerda shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

“Biz hayratdamiz va bu qanday sodir bo‘lganini hali bilmaymiz”, deydi hayvonot bog‘i matbuot kotibi Ulrike Ulmann.

“Erta tongda karkidonlarga odatda hasharotlarga qarshi vosita surtiladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Ma’lumot o‘rnida, hayvonot bog‘ida 150 turdagi 1500 ga yaqin jonivorlar, jumladan, oq karkidonlar bor. 

Oq karkidonlar quruqlikdagi yirik sutemizuvchilar orasida ikkinchi o‘rinda turadi va Butunjahon tabiat jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, vazni 3080 dan 7920 funtgacha bo‘lishi mumkin.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Avstriya hayvonot bog'i karkidon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing