Avstriyada bortida ikki nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Avstriyaning Karintiya federal yerining Diks shahri yaqinida o‘quv samolyotida bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halokatga uchragan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. 

O‘zbekiston elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra,  Sloveniyadagi “Aviation Career Center” aviamaktabining 21 yoshli talabalari K.N. va A.X. hozirda Karintiya klinikalarida davolanmoqda.

O‘zbekiston diplomatlari talabalar bilan bog‘langan. Shifokorlarning xabar berishicha, K.N. va A.X.larga zarur yordam ko‘rsatilyapti.

“Elchixona Karintiya huquq-tartibot idoralari vakillari, tibbiyot muassasalari ma’muriyati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatdi va vaziyatni nazoratga oldi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Avstriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing