Avstraliyada so‘nggi 103 yillikdagi eng yirik yong‘in boshlandi
Olam
−
23 iyun 2020
8080Kecha, 22 iyun kuni Avstraliyaning janubi va janubi-g‘arbiy qismida yirik o‘rmon yong‘inlari chiqdi. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, shunga o‘xshash eng yirik yong‘in bundan 103 yil muqaddam, 1917 yilda kuzatilgan.
Yong‘in sabablari deb ikki xil variantni ilgari surishmoqda. Birinchisi, bu tabiiy omil. Ya’ni, iqlimning isib ketishi. Chunki har yili, yozning mana shu mavsumida Avstraliyaning qator hududlarida yirik yong‘inlar kuzatiladi.
Ikkinchisi, inson omili. Bunda kimdir qasddan o‘t qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
“Yong‘inlarning keng ko‘lamligi va ularning yirikligiga qaraganda bu ish biror shaxs tomonidan amalga oshirilganiga ishonmaysan”, dedi mahalli Vermund okrugi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i.
Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, yong‘inlarni o‘chirish uchun maxsus 6 ta vertolyot, 23 ta tez tibbiy yordam mashinasi, 45 nafar o‘t o‘chiruvchi va 50 ga yaqin politsiya xodimi biriktirilgan.
LiveBarchasi