Avstraliyada AQSH askarlarini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi

Olam

image

Avstraliya shimolida bortida AQSH dengiz piyodalari bo‘lgan harbiy vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Halokat bugun, 27 avgust kuni ertalab “Predator's Run 2023” mashqlari vaqtida yuz bergan. Vazirlik voqea AQSH harbiylari bilan bog‘liqligini va vertolyotda avstraliyaliklar bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

"Ushbu muhim dastlabki bosqichda biz voqeaga javob berishga va ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratmoqdamiz", deyiladi vazirlik bayonotida.

“Sky News Australia”ga ko‘ra, vertolyot qit’aning shimolida, Darvin qirg‘oqlaridan 60 km uzoqlikda joylashgan Melvill orolida qulagan.

Halok bo‘lganlar soni ochiqlanmagan. Ammo bedarak yo‘qolgan askarlar borligi aniqlanib, ularni qidirish davom etmoqda.

Avstraliya shimolida bo‘lib o‘tayotgan “Predator's Run 2023” xalqaro harbiy mashg‘ulotlarida Sharqiy Timor, Indoneziya, AQSH va Filippindan 2500 ga yaqin harbiy xizmatchilar qatnashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Oltoy Respublikasi hududida bortida yo‘lovchilari bo‘lgan Mi-8 vertolyoti qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya vertolyot Predator's Run 2023

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing