Avstraliyada A Seriya uchrashuvi o‘tkazilishi tasdiqlandi
Sport
−
19 dekabr 460 2 daqiqa
A Seriya prezidenti Esio Simonelli “Milan” va “Komo” o‘rtasidagi Avstraliyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan A Seriya uchrashuvi belgilanganidek bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda “Ansa” xabar berdi.
Avvalroq, A Seriya rahbariyati Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan qo‘yilgan ayrim qabul qilib bo‘lmaydigan shartlar tufayli o‘yinning o‘tkazilishi xavf ostida qolganini xabar qilgan edi. Biroq Simonellining aytishicha, muzokaralar davom etgan va muammolar hal etilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy masala — o‘yin hakamlarini tayinlash bilan bog‘liq muammo sobiq italiyalik mashhur hakam, hozirda FIFA Hakamlar qo‘mitasi raisi bo‘lgan Perluidji Kollina bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng bartaraf etilgan.
“Bizga qo‘yilgan ayrim shartlar bo‘yicha jiddiy shubhalar bor edi. Masalan, Osiyo federatsiyasi hakamlaridan foydalanish taklifi biz uchun qabul qilib bo‘lmas edi, chunki biz italiyalik hakamlarimizga katta ishonch bildiramiz. Kollina esa osiyolik hakamlarning yuqori saviyasiga ishontirdi va uchrashuvni boshqarishi mumkin bo‘lgan bir nechta nomzodlarni ko‘rsatdi. Bu eng murakkab masala, eng katta to‘siq edi, biroq biz uni Kollinaning kafolati tufayli yengib o‘tdik”, deydi Simonelli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya La Ligasining Mayamidagi o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yini bekor qilingan edi. Liga bu qarorni “Ispaniyadagi noaniqlik” bilan izohlagan. Shuningdek, “Real Madrid”ning Ispaniya Oliy sport kengashiga kiritgan shi ham ma murakkablashtirib jarayonni oldinga surgan edi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr