Avstraliyada 35 yilda ilk bor qor yog‘di
Olam
−
13 avgust 2019
6779Avstraliya janubi-sharqida 35 yilda ilk marta qor yog‘di. Odamlar qorda o‘ynayotgan kengurularni videoga oldi.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, Antarktika muz fronti sababli Viktoriya va Yangi Janubiy Uels shtatlarida qor yog‘gan. Janubiy qutbdan kelgan siklon Avstraliya sohillariga sovuq, kuchli o‘zgaruvchan shamol, qor va izg‘irin olib kelgan.
Ayni vaqtda bo‘ron va qor Melburndan shimolda katta hududlarni qamrab olgan. Ko‘chalarini qor bosgan shaharlarning ko‘pida odamlar voqealarning bunday davom etishini kutmagan, tegishli xizmatlar ham tayyorgarliksiz bo‘lgan. Shu sababdan ba’zi ko‘chalarda harakat to‘xtab qolgan.
LiveBarchasi