Avstraliya Ukrainaga harbiy yordam yubordi

Olam

image

Avstraliya hukumati Ukrainaga 110 million Avstraliya dollari (73,5 million AQSH dollari) miqdorida yangi paket, jumladan, Rossiya bosqinidan himoya qilish uchun 70 ta harbiy mashina beradi. Bu haqda Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze bugun, 26 iyun kuni Kanberrada bo‘lib o‘tgan brifingida aytib o‘tgan.

"Umid qilamanki, ushbu qo‘shimcha yordam Rossiyaning noqonuniy va asossiz urushida katta jasorat ko‘rsatishda davom etayotgan Ukraina xalqiga yordam berib, haqiqiy o‘zgarishlarga olib keladi", degan Albanese Kanberradagi matbuot brifingida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu paketga Rossiyadagi dam olish kunlarida bo‘lib o‘tgan voqealar sabab bo‘lmagan.

"Biz bir muncha vaqtdan beri bu taklif ustida ishladik",  deya ta’kidladi Albanese.

NATOga a’zo bo‘lmagan davlatlar ichida Avstraliya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasida eng ko‘p yordam berayotganlardan biri bo‘lib, Kiyevga o‘q-dorilar va mudofaa uskunalari, jumladan, ko‘plab Bushmaster zirhli mashinalari yetkazib bermoqda. Shuningdek, Avstraliya Rossiyaga alyuminiy oksidi va alyuminiy rudalarini, jumladan, boksitni eksport qilishni taqiqladi va Rossiyaning 1000 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslariga sanksiya qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, yangi majburiyatlar bilan Avstraliyaning Ukraina uchun qilgan yordami 790 million Avstraliya dollarini, shu jumladan, 2022 yil fevral oyida mojaro boshlanganidan beri esa 610 million Avstraliya dollarini tashkil etadi.

Avazbek Mo‘ydinov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Avstraliya Ukraina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing