Avstraliya Rossiya, LXR va DXRga sanksiya kiritdi 

Olam

image

Avstraliya hukumati Rossiya Davlat dumasi deputatlari, tan olinmagan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasi (DXR) vazirlari, shuningdek, rossiyalik jurnalist va teleboshlovchi Vladimir Solovyovga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Avstraliya Ichki ishlar vazirligi bayonotida aytilgan. 

Ta’kidlanishicha, Avstraliya hukumatining avtonom sanksiyalari Rossiya Davlat dumasining 75 nafar deputati, Donetsk xalq respublikasining 20 nafar vaziri va Lugansk xalq respublikasining 12 nafar vaziriga nisbatan qo‘llanilgan. Bundan tashqari, rossiyalik telejurnalist Vladimir Solovyov ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, shu kungacha Avstraliya Rossiya va Belarusning 700 dan ortiq fuqarolariga, jumladan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoga, shuningdek, asosiy vazirlarga qarshi sanksiyalar kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing