Avstraliya ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

Olam

image

Avstraliya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini e’lon qildi. “Qora ro‘yxat”dan 55 kishi va 37 tashkilot o‘rin oldi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Penni Vong ma’lum qildi.  

Vazirning aytishicha, yangi cheklovlar ukrainalik bolalarni Rossiyaga o‘tkazishga aloqador shaxslarga qarshi qaratilgan. Sanksiyalar Rossiyaning mudofaa, energetika, tog‘-kon sanoati, media kompaniyalari, shuningdek, Belarus, Eron va Shimoliy Koreyadagi “Rossiya xaridlari tarmoqlari” bilan bog‘liq tashkilotlarga ham ta’sir qiladi.

Umuman olganda, Ukrainada urush boshlanganidan beri rossiyalik 1200 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar Avstraliya sanksiyalariga duchor bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 13-sanksiyalar paketini e’lon qilgandi. U nafaqat Rossiyadan, balki uning bir qator hamkor davlatlari, jumladan Xitoy, Eron va Shimoliy Koreyaning 200 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarini o‘z ichiga olgandi. AQSH ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirganini e’lon qildi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Avstraliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing