Avariya sabab Toshkentning ikki tumanida chiroq o‘chib qoldi

Jamiyat

image

Bugun, 4 avgust kuni tarmoqda yuzaga kelgan avariyaviy holat sabab poytaxtning ikki tumanidagi ayrim hududlar vaqtincha “svet”siz qoldi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 19:08 da Toshkent shahridagi 35 kVli “L-Parkentskaya-2" tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Buning oqibatida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari iste’molchilarining bir qismi (jami 2500 ta xonadon) elektr ta’minotidan uzilgan.

“Hozirgi vaqtda tuzatish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik muayyan vaqt ichida bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur holat tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchilardan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent svet Avariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing