Auksionda sotilayotgan “zolotoy” avtoraqam ko‘chadagi mashinaga taqilgani bo‘yicha izoh berildi
Jamiyat
−
04 yanvar 2021
24086Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi onlayn auksionda savdoga qo‘yilgan qimmatbaho avtoraqam (30 Z777ZZ) Samarqand shahri ko‘chalarida harakatlanayotgan avtomobillardan biriga taqilgani aks etgan surat va video tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati bu holat yuzasidan munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu davlat raqam belgisi viloyat IIB YHXB ixtiyorida saqlanmoqda.
“Samarqand ko‘chalarida taqib yurilgan Malibu rusumli mashinadagi raqam fotoshop dasturi orqali qo‘yilgan. Ushbu raqam auksion orqali sotib olgan fuqaroga tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi haqiqatga yaqin bo‘lmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Shuningdek, keyinroq tarqalgan ikkinchi video yuzasidan izoh berilgan.
“Ushbu raqam oq rangli Malibu avtomashinasiga qo‘lbola yasab o‘rnatilganligi aks etgan video ham tarqaldi. Hozirda ushbu haydovchini aniqlash choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ayni daqiqalarda 30 Z777ZZ davlat raqami uchun onlayn auksion davom etmoqda va bu raqamning narxi 596 mln so‘mga yetgan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar