Attraksiondagi nosozlik sabab odamlar 3 soat oyog‘i osmondan qolib ketdi (video)
Olam
−
05 iyul 2023
13612AQSHning Viskonsin shtatida attraksion buzilishi oqibatida odamlar deyarli uch soat davomida boshlari bilan pastga osilgan holda qolib ketdi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.
Joriy yilning 2 iyul kuni Viskonsinda teskari aylanuvchi "Olovli to‘p" nomlanuvchi attraksion to‘xtab qolgan. O‘qibatda odamlar 3 soat davomida boshlari pastga osilgan holda qolib ketgan.
"Biz bilganimiz shuki, attraksionda mexanik nosozlik bo‘lgan", deydi o‘t o‘chirish xodimi Brennan Kuk.
Bog‘da ushbu voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs teskari osilib turgan odamlarning videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan va ular to‘rt soat davomida shunday qolib ketganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, attraksionda osilib turgan qizchalardan biri o‘t o‘chiruvchilardan qiynalib turgan keksa odamni qutqarib olishni so‘ragan. Attraksionda jami 8 kishi osilib qolgan, ular asosan bolalardan iborat bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda odamlar kanat to‘xtab qolishi oqibatida dor yo‘lida osilib qolgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi