Attraksion qulashi natijasida 14 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Olam

image

Misrning Al-Daqahliya viloyatidagi “Paradise” parkida attraksion qulashi natijasida 14 nafar maktab o‘quvchisi jarohatlandi. Bu haqda “Al-Masry Al-Youm” gazetasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maktab 50 nafar bolaning dam olishi uchun parkka tur tashkil qilgan. Attraksionga 14 nafar bola chiqqanda, u ag‘darilgan. Barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga olib borilgan.

“Jabrlanganlarning ahvoli barqaror. 9 nafar bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga ketishga ruxsat berildi, ikki nafari ko‘rikdan o‘tkazilpti, uch nafar o‘quvchi esa jarrohlik amaliyoti uchun shifoxonaga yotqizildi”, degan Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Saad Mekki.

Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Misr attraktsion

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing