ATP va WTA reytingi muzlatib qo‘yildi
Sport
−
20 mart 2020
3526Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. COVID-19 sportga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va bir qator yirik turnirlar va chempionatlar ma’lum muddatga qoldirildi.
Tennis bo‘yicha ATP va WTA musobaqasi ham 8 iyun kuniga qadar to‘xtatib qo‘yildi va turnir jadvali muzlatildi. Xalqaro tennis federatsiyasi ATP, WTA va ITF'ning bahorda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha musobaqalari bekor qilingani to‘g‘risida qo‘shma bayonot berdi.
Dastlab, tennis tashkiloti koronavirusning tarqalishi sababli mavsumni bir yarim oyga to‘xtatib qo‘yishdi. Hozir vaziyat jiddiy tus olgani bois, barcha musobaqalarni butkul bekor qilishga qaror qilishdi. “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri joriy yilning kuz oyiga qoldirildi.
Eslatib o‘tamiz, “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi “Rolan Garros” musobaqasi bekor qilinmasligi mumkin, deya xabar bergan edik.
Ma’lumot o‘rnida, hozirga qadar 247 773 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 10 062 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 88 488 nafar inson kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi