“Atletiko”-“Real” o‘yini hakami Alvaresning penaltisi bilan bog‘liq holatni izohladi

Sport

image

2024/2025 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Atletiko” va “Real” (1:0, 2:4 pen.) o‘rtasidagi javob o‘yinini boshqargan polshalik hakam Shimon Marsinyak o‘yindan keyin Xulian Alvaresning penaltisi bilan bog‘liq bahsli holatga izoh berdi.

“Men o‘zim VAR tizimiga Alvares katta ehtimol bilan ikki marta to‘pga teggani haqidagi ma’lumot bilan bog‘landim va ular shu lahzani sinchkovlik bilan tekshirdi... Rostini aytsam, men butun hakamlik faoliyatim davomida hech qachon bunday holatga duch kelmaganman”, deydi Marsinyak.

Alvares 11 metrlik belgidan tepish paytida sirpanib ketdi. To‘p darvozaga to‘g‘ri yo‘naldi, biroq VAR xonasida videotakrorni ko‘rib chiqib, hakam bilan maslahatlashilganidan so‘ng, argentinalik futbolchi to‘pga ikki marta teggani aniqlandi, bu esa qoida buzilishi va urinishning muvaffaqiyatsizligi sifatida baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alvaresning o‘zi holatga izoh berib, qoida buzmaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Xulian Al'vares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing