“Atletiko” muxlislari Madrid derbisiga niqob kiyib bormoqchi

Sport

image

“Atletiko Madrid” muxlislari “Real Madrid” bilan derbiga “qaymoqranglilar” vingeri Vinisius Juniorni haqorat qilish uchun bir martalik niqob kiyib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Diario” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “matraschilar” ashaddiy ishqibozlari ijtimoiy tarmoqlarda faol tarzda shaxsi aniqlanmasligi va Vinisiusni haqorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun boshqa muxlislarni ham o‘yinga niqob kiyib kelishga chaqirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tarmoqlarda Vinisiusga qarshi faol ravishda irqchi xabarlar tarqatilmoqda. Muxlislar go‘yoki maymun ko‘rinishini aks ettirib, bu orqali Vinisiusni g‘ashini keltirishni reja qilgan. 

Qayd etish joiz, Vinisius vaqti-vaqti bilan Ispaniyaning turli stadionlarida o‘ynab, irqchilik namoyishlariga duch keladi.

Ispaniya La Ligasining 8-turi doirasida “Atletiko” - “Real” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 29 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da “Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Atletiko Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing