“Atletiko Madrid” muxlislari Alvaresni haqorat qildi
Sport
−
12:31 752 2 daqiqa
Kecha, 23 avgust kuni “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvares bu mavsumda jamoa safida ilk bor maydonga tushdi. Biroq argentinalik futbolchining qaytishi “Atletiko” muxlislarining salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi.
26 yoshli argentinalik futbolchi La Liganing ikkinchi turida “Vilyarreal”ga qarshi uy uchrashuvining ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
Bu Alvaresning 2026 yil 5 may kuni Chempionlar ligasi yarim finali javob o‘yinida “Arsenal”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin “Atletiko Madrid” safidagi ilk uchrashuvi bo‘ldi. Hujumchi shu vaqtdan buyon jarohatidan tiklanayotgan edi.
AS nashri xabar berishicha, madridliklar muxlislari deyarli butun uchrashuv davomida Alvaresni haqorat qilgan.
Norozilik futbolchining nomi o‘yindan oldin e’lon qilinganidan so‘ng, jamoaning o‘yin oldi mashg‘ulotlari vaqtida, zaxira o‘rindig‘iga qaytganida, maydonga tushishga tayyorlanayotganida, maydonga kirganida va uchrashuvdan keyin ham davom etgan.
Manbaga ko‘ra, ayrim muxlislar mashg‘ulot vaqtida futbolchini klubni tark etishga chaqirib, haqoratli shiorlar aytgan.
“Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng argentinalik futbolchi ham jamoadoshlari bilan birga muxlislar oldiga bormadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alvares “Atletiko Madrid”dan ketishni o‘ylayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Live
Barchasi