“Atletiko”ga beshinchi penaltini nega Endrik tepmadi?
Sport
−
13 mart 2025 4674 1 daqiqa
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atletiko”ga qarshi javob o‘yinida himoyachi Antonio Ryudiger nima uchun hujumchi Endrik emas, Ryudiger penalti tepganining sababini aytdi.
“Biz Endrikni beshinchi tepuvchi sifatida tanlamoqchi edik, lekin yakunda Ryudiger tepishini istadim. Men Endrikga beshinchi tepuvchi bo‘lishini aytdim, lekin Endrik bundan uncha mamnun emas edi. Men Endrikning yuzini ko‘rib, Ryudiger tanladim”, deydi Anchelotti.
“Real” - “Atletiko” uchrashuvi 13 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar Ispaniyaning Madrid shahridagi “Metropolitano” stadionida to‘qnash kedi. O‘yinni Shimon Marsinyak boshchiligidagi polshalik hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuv 1:0 hisobida “matraschilar” foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsada, penaltilar seriyasida “qaymoqranglilar” aniqroq harakat qildi – 4:2.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares “Real” bilan penaltilar seriyasida qoida buzmaganini aytgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025