Atamboyevni hibsda tutish muddati yana uzaytirildi

Olam

image
Atamboyev kim? U davlat boshiga qanday kelgandi? north_east

Atamboyev kim? U davlat boshiga qanday kelgandi?

Qirg‘iziston Prezidentlariga qarg‘ish tekkan...mi? north_east

Qirg‘iziston Prezidentlariga qarg‘ish tekkan...mi?

Sud Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni hibsga olish muddatini 15 martgacha uzaytirdi. Bu haqda RIA Novosti Atamboyevning advokati Zamir Jooshev tayanib xabar bermoqda. 

"Bugun yig‘ilishda ehtiyot chorasi ikki oyga, ya’ni 15 martgacha uzaytirildi", deydi advokat. 

Jooshevning so‘zlariga ko‘ra, sudlanuvchilarning advokatlaridan birining kasalligi sababli ishni ko‘rib chiqish yana qoldirilgan. Keyingi sud majlisi 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 

Atamboyev ilk bor 2019 yilning 9 avgust kuni 18 kunlik hibsga olingandi. O‘shandan keyin u ozodlikka chiqqani yo‘q. Aksincha, sobiq davlat rahbariga nisbatan jinoiy ishlar soni ortib, uning hibsda saqlanish muddati bir necha bor uzaytirildi. 

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atamboyev qonundagi o‘g‘ri (vor v zakone) Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi yuzasidan joniy javobgarlikka tortilgan edi. Atamboyev ishi yuzasidan o‘tgan yilning dekabr oyiga belgilangan sud majlisi ikki marta qoldirildi. Sud bugun, 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. 

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “og‘ir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atilganini 17 aprel kuni Qirg‘iziston Bosh prokurori Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made