Atamboyevga yangi ayblovlar qo‘yildi
Olam
−
13 Avgust 2019 11967 1 daqiqa
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi sobiq Prezident Almazbek Atamboyevga nisbatan qotillik va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblov e’lon qildi. Bu haqda Bosh prokuratura vakili Zamir Beyshekeyev ma’lum qildi.
Aniqlik kiritilishicha, Atamboyev qotillikdan tashqari, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, garovga olish va hokimiyat vakillariga nisbatan kuch ishlatishda ayblanyapti. Sobiq davlat rahbari butun umrga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Avvalroq, Almazbek Atamboyev davlat to‘ntarishini tashkillashtirishda ayblangani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr