147 nafar afg‘onistonlik o‘qish uchun O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Afg‘onistonlik yoshlarning bir guruhi tahsil olish uchun yana O‘zbekistonga keldi. O‘zbekistonda oliy ma’lumot olish va malakali mutaxassis bo‘lish istagida tashrif buyurgan 147 nafar afg‘onistonlik yoshlardan iborat delegatsiya joriy yilning 25 noyabr kuni “Hayraton” chegara postida tantanali kutib olindi.

Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘on fuqarolarini o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim markazida tahsil olishadi.

Afg‘onistonlik yoshlardan 119 nafari o‘zbek tili va adabiyoti, 18 nafari Akusherlik va hamshira ishi hamda 10 nafari Yer usti transport tizimlari va ekspluatatsiya, lokomotiv va vagonlar ishi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiydi. 

Talabalarga mashg‘ulotlar olib borish uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasidan professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

Mehmonlarni kutib olish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov, AIR Termiz shahridagi konsuli S.Sakandariy, AIR Oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari A.Hoshimiy, viloyat hokimligi rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Afg'oniston

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing