AstraZeneca vaksinasi nomi o‘zgartirildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AstraZeneca ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi nomi Vaxzevria deb o‘zgartirildi. Bu haqda Yevropaning tibbiyot agentligi veb-saytida xabar berilgan.  

Vaksina nomini o‘zgartirish uni qabul qilgan odamlarda xavfli asoratlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgani fonida sodir bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarda jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilib, ba’zilarning vafot etishi ortidan Yevropaning qator rivojlangan davlatlari preparatni qo‘llashni to‘xtatib qo‘ygandi. 

Biroq, keyinchalik Yevropaning dori-darmon regulyatori (YeMA) ushbu preparatning xavfsizligini tasdiqladi. 

Shvetsiya rasmiylari vaksinaning qayta nomlanishi qadoqning tashqi ko‘rinishidan boshqa hech narsani o‘zgartirmasligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing