AstraZeneca va Johnson & Johnson vaksinalari tromboz hosil qilishining sababi aniqlandi

Olam

image

Bir guruh nemis olimlari AstraZeneca va Johnson & Johnson kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinalar bilan emlangandan so‘ng, ba’zi hollarda tromboz paydo bo‘lishining sababini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ularning tadqiqotlari natijalari “Research Square” portalida e’lon qilingan, ammo xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan hali muhokama qilinmagan.  

Bundan tashqari, ular tromboz paydo bo‘lishi ehtimolini yo‘q qilish uchun nima qilish kerakligini ham aniqlagan. 

Gyote universiteti va Ulm universiteti olimlarining ta’kidlashicha, muammoning kaliti odam tanasiga Sars-Cov-2 virusining S-oqsilini yetkazib berish uchun ishlatiladigan adenovirus vektorlarida. 

Ilmiy guruh rahbari, professor Rolf Marshalekning so‘zlariga ko‘ra, S-oqsillari koronavirus odatda oqsillarni hosil qiladigan hujayra suyuqligiga emas, balki hujayra yadrosiga yuboriladi. Natijada, S-oqsilning qismlari bo‘linib, immunizatsiya jarayoni sodir bo‘lgan hujayra membranasiga bog‘lana olmaydigan mutatsiyalar hosil qiladi. So‘ng mutant oqsillar hujayralar tomonidan organizmga ajralib chiqadi, bu esa tromb hosil bo‘lishiga olib keladi. 

Pfizer va Moderna vaksinalari esa S-oqsil genetik materialini hujayra yadrosiga emas, balki hujayra suyuqligiga yetkazadi. Shu sababli ushbu vaksinalardan keyin tromblar hosil bo‘lmaydi. 

Olimlar o‘z tadqiqotlarida S-oqsilning ketma-ketligini o‘zgartirishni taklif qilgan. 

Ta’kidlanishicha, Johnson & Johnson vaksinasini moslashtirish bo‘yicha maslahat olish uchun Rolf Marshalek laboratoriyasiga murojaat qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Yevropada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan 16 million kishidan kamida 142 nafarida tromblar hosil bo‘lgan. Buyuk Britaniyada ushbu vaksina bilan emlangan 33 million kishidan 309 kishida tromblar hosil bo‘lgan va ulardan 56 nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda AstraZeneca, “Sputnik V” va o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing