Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirmadi

Jamiyat

image

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizligicha, o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Markaziy bank boshqaruvi, inflyatsiyaning yangilangan prognoz koridorining yuqori chegaralariga nisbatan ham joriy pul-kredit sharoitlari nisbatan qat’iy fazada shakllanganligini inobatga olib, asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi", deyiladi xabarda.

Asosiy stavka davlat va tijorat banklaridan kredit olish, omonat joylashtirish foizlarini belgilash uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni banklar Markaziy bank belgilagan asosiy stavkadan kelib chiqqan holda kredit va depozit foizlarini belgilaydi.

Ma’lumot uchun, fevral oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston banklarida kredit stavkasi o‘rtacha 23,7 foizni tashkil etadi. Imtiyozli kreditlar 14 foizdan, faqat ma’lum bir shartlar asosida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kungi yig‘ilishda ham Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank asosiy stavkv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing