Asosiy bosqichda raqiblarimiz kim bo‘lishi muhim emas – Rahmonaliyev

Sport

image

Ozarbayjonning “Sabah” klubi futbolchisi Umarali Rahmonaliyev jamoasining Chempionlar ligasi final bosqichiga chiqqanidan so‘ng asosiy bosqichdagi raqiblardan qo‘rqmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda o‘zbekistonlik futbolchi “Xapoel Beer-Sheva” jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng so‘z ochdi.

Ozarbayjon klubi kecha, 25 avgust kuni pley-off bosqichining javob uchrashuvida Isroilning “Xapoel Beer-Sheva” jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, “Sabah” tarixda birinchi marta turnirning asosiy bosqichiga yo‘llanma oldi.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi hal qiluvchi bahsda jamoa yakuniy muvaffaqiyatga ishonganini ta’kidladi.

“Biz a’lo darajada kurash olib bordik. Keyingi bosqichga chiqishimiz mumkinligiga ishongan edik. Yigitlar bilan faxrlanaman”,  deydi Rahmonaliyev.

22 yoshli futbolchi Ozarbayjon futbolidagi o‘sishni qayd etib, muxlislarga ham minnatdorlik bildirdi.

“Asosiy bosqichda raqiblarimiz kim bo‘lishi biz uchun muhim emas. Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz”,  deya qo‘shimcha qildi Rahmonaliyev.

Eslatib o‘tamiz, “Sabah” Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga olib chiqqan hal qiluvchi o‘yinda Umarali Rahmonaliyev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing