Asli qozog‘istonlik ayol Bayden jamoasiga qo‘shildi

Olam

image

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida tug‘ilgan Asel Roberts AQSHning yangi Prezidenti Jozef Baydenning protokoli rahbari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti saytida xabar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, Asel 1976 yilda Qozog‘istonda tug‘ilgan. U 1993 yilda Jorjtaun universitetining Edmund A. Uolsh nomidagi diplomatik xizmatlar maktabiga o‘qishga kirib, xalqaro huquq va tashkilotlar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini tugatgan.

Departament xabariga ko‘ra, Asel Barak Obama davridan beri, Oq uy protokolida 15 yil davomida ishlab kelmoqda. U qozoq, rus, ingliz va yapon tillarini biladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 yanvar kuni AQSHning 46-Prezidenti Jozef Bayden o‘z vazifasiga kirishdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Davlat departamenti Bayden Asel' Roberts

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing