Asqar Akayev sobiq prezident maqomini qaytarmoqchi. Bu unga nima beradi?
Olam
−
05 Sentabr
9146Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev Jogorku Keneshga sobiq prezident maqomini tiklashni so‘rab maktub yo‘lladi. Bu haqda deputat Cho‘lpon Sultonbekovaga tayanib, “Kloop” xabar berdi.
“Bugun ishga kelganimda xatni o‘qib chiqdim. Bu masala darhol kun tartibiga kiritilmaydi. Birinchidan, fraksiyalar o‘z yetakchilari va deputatlari bilan buni muhokama qiladi. Masala kun tartibiga qachon kiritilishini keyinroq e’lon qilamiz”, dedi Cho‘lpon Sultonbekova.
Ma’lumot uchun, Akayev Qirg‘izistonni 1990-2005 yillarda boshqargan. 2005 yil 24 martda mamlakatdagi “Lola inqilobi” oqibatida hokimiyatdan ag‘darilgan va Rossiyaga qochib ketgan. Shundan buyon u Rossiyada yashaydi.
Akayev rahbarligi mamlakatda korrupsiya, hokimiyatni tortib olish, shuningdek, Jalolobod viloyati Aqsi tumani Bospiyek qishlog‘ida o‘tkazilgan tinch mitingda fuqarolarga qarshi qurol qo‘llagani bilan yodda qolgan.
Bugungi kunda faqat Sooronbay Jeenbekov va Roza Otunboyeva sobiq prezident maqomiga ega. Qonunga ko‘ra, sobiq prezidentlar umrbod sug‘urta, davlat xavfsizligi, tibbiy yordam, maosh, davlat dachalaridan biri va boshqa ko‘p narsalardan bepul foydalana oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asqar Akayev rafiqasi bilan Qirg‘izistonga kelgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi