Asirlarni qo‘yib yuborishiga qaraganda, Eron bilan kelishsa bo‘ladi – Tramp
Olam
−
05 iyun 2020
5236Eronda amerikalik Maykl Uaytning qamoqdan ozod qilinishi Tehron bilan bitimlar tuzish mumkinligini ko‘rsatdi. Ushbu fikrni kecha, 4 iyun kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
"Men hozirgina Erondagi tutqinlikdan ozod bo‘lganidan keyin, Syurixda bo‘lib turgan Maykl Uayt bilan telefonda gaplashdim. U Amerikaga samolyotida AQSHdagi uyiga qaytib keladi. Men Prezident bo‘lganimdan beri biz (AQSHga) 40 dan ziyod amerikalik asir va tutqunlarni olib kelishga muvaffaq bo‘ldik. Eronga rahmat, bu ular bilan kelishish mumkinligini ko‘rsatadi”, deb yozgan Tramp.
Uayt Eronda 2018 yilning yozida ushlangan edi. Amerika OAVlariga ko‘ra, u bu mamlakatga sevgilisi bilan borgan. ISNA’ning xabar berishicha, amerikalik Eronning milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlarda ayblangan. U 13 yilga qamalgan edi. “Associated Press”ning xabar berishicha, Uayt tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun mart oyida Eron qamoqxonasidan vaqtincha ozod qilingan.
Joriy yilning 3 iyun kuni “Fars” agentligi olim Sirus Asgariyning Eronga qaytgani haqida e’lon qildi. Ushbu eronlik tadqiqotchi ilgari AQSHda hibsga olingan edi.
LiveBarchasi