Asirga tushgan 106 nafar ukrainalik askar uyiga qaytdi 

Olam

image

Bugun, 25 may kuni Rossiya va Ukraina orasida yana bir mahbus almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, 106 nafar ukrainalik harbiy uyiga qaytgan. Ular orasida 8 nafar ofitser, 98 nafar askar va serjantlar bor. Ularning hammasi Baxmut yo‘nalishida jang qilgan.

“Ular Baxmut uchun kurashib, dushmanning Sharqiy hududlarimiz qa’riga borishiga imkon bermagan. Ularning har biri davlatimiz qahramoni. Bizning haqiqiy uyimiz – biz haqimizda o‘ylanadigan joy. Biz birgalikda qurayotgan Ukraina esa inson, fuqaro eng oliy qadriyat bo‘lgan joy. Odamlar haqida qayg‘uradigan mamlakat. Jamiyatimiz shunday toifalarda fikr yuritadi”, deydi u.

Bundan tashqari, Andrey Yermak barcha ukrainaliklar vatanlariga qaytarilishini, shuning uchun bu boradagi ishlar davom etayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Rossiya va Ukraina o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tgan, unda 45 kishi Ukrainaga qaytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina mahbus almashinuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing