Asirga olingan falastinliklar soni 6220 nafarga yetdi

Olam

image

2023 yil 7 oktyabrdan beri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda Isroil kuchlari tomonidan asirga olingan falastinliklar soni 6220 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin asirlar uyushmasi Mahbuslar va ozod qilinganlar qo‘mitasi va Falastin ozodlik tashkiloti tomonidan berilgan yozma bayonotda keltirilgan.

Unga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida “Isroil bosqinchilari Tulkerim, Nablus, Ramalloh, Quddus, Hebron va Baytlahm shaharlarida 25 nafar falastinlikni qo‘lga olgan”.

Ta’kidlanishicha, SAXAL G‘azoga hujumini boshlagan paytdan beri, bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarshi hibsga olishlar, reydlar va hujumlar soni ortib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda 85 yoshli HAMAS asirasi tutqunlikdagi hayoti haqida so‘zlab bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil asir falastinliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing