Ashraf G‘ani ham saylovda ovoz berdi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 28 sentyabr kuni Afg‘oniston Respublikasi Prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tmoqda. 

Saylovda asosiy nomzodlar qatorida turgan amaldagi Prezident Ashraf G‘ani va Bosh vazir Abdulla Abdulla ham saylovda ovoz berdi. 

Shaffoflikka va firibgarlik va noto‘g‘ri boshqarishga oid da’volarga qaramay, afg‘onlar ovoz berish uchun chiqishdi. 

Qayta saylanishni istagan Prezident Ashraf G‘ani isyonchilar tahdidlariga qarshi chiqqan va ovoz berishga kelgan afg‘on xalqiga hurmat bilan so‘zladi. 

“Men barcha afg‘onlarga demokratiya va gullab-yashnagan va suveren Afg‘onistonga sodiqliklari uchun minnatdorlik bildiraman. Saylovlarda ishtirok etish Afg‘oniston Konstitutsiyasiga sodiqligidan dalolat beradi. Saylovlar Afg‘onistondagi demokratik tuzumning davom etishini belgilaydi”,  deydi Prezident.  

Shuningdek, G‘ani Afg‘oniston Milliy Xavfsizlik va Mudofaa Kuchlari (ANDSF) a’zolariga so‘nggi ikki oy ichida xavfsizlikni ta’minlashdagi tinimsiz harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi: 

“Afg‘on xavfsizlik kuchlari bizning g‘ururimizdir va ular Afg‘oniston Islom Respublikasiga sodiqligini namoyish etdilar”.

Prezident saylovda ishtirok etgani uchun ayollarga ham tashakkur izhor qildi. 

Tinchlik jarayoni haqida gapirarkan, “Tinchlik rejamiz tayyor,  ayni paytda biz millatning hukmini kutmoqdamiz”, dedi Ashraf G‘ani. 

Bosh vazir Abdulla Abdulla ham ovoz berib bo‘lgach, xalq bilan yuzlashdi. 

“Men bir fuqaro sifatida “Tolibon”ga aytamanki,  begunoh odamlarni qo‘rqitish va o‘ldirish sizning nuqtai nazaringizni qo‘llab-quvvatlamaydi. Tinch aholini qo‘rqitish sizning maqsadingizga eltadigan narsa emas”,  deydi u.

Mamlakatdja qattiq xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda. Afg‘onlar respublikadagi uchinchi prezidentlik saylovini buzishga va’da bergan jangarilarning mumkin bo‘lgan tahdidlariga qarshi turish uchun mamlakat bo‘ylab o‘n minglab afg‘on kuchlari joylashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Prezident saylovi Ashraf G'ani

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing